O'rnatish va faollashtirish
Qadamlar, videolar va ko'p so'raladigan savollar.
Sotib oling
Saytda ro'yxatdan o'ting, kartaga to'lang va chekni yuklang.
Yuklab oling
Kabinetdan plagin ZIP'ini oling. «Sunat.cc Plaginlar» dasturi uni CorelDRAW'ga o'zi qo'yadi.
Kalitni kiriting
Plaginni ochganingizda «Litsenziya kaliti» so'raladi — kabinetdagi kalitni kiriting. Internet faqat shu paytda kerak.
Kompyuter almashsa
Eski kompyuterda plagin ichidan «Dezaktivatsiya» — keyin kalitni yangisida kiriting.
Savollar
Plagin nechta kompyuterda ishlaydi?
Bitta litsenziya — bitta kompyuter. Kalitni plaginga kiritganingizda server uni shu kompyuterga bog'laydi.
Internet kerakmi?
Faqat kalitni birinchi marta kiritishda. Keyin plagin internetsiz ham 7 kun ishlaydi va internet bo'lganda o'zi yangilanib turadi.
Yangi kompyuter oldim, yana to'laymanmi?
Yo'q. Eski kompyuterda plagin ichidan «Dezaktivatsiya» qiling (yoki kabinetda «Kompyuterdan uzish») va kalitni yangi kompyuterda kiriting.
Qaysi CorelDRAW versiyalarida ishlaydi?
Windows uchun CorelDRAW 2020 – 2026 (VBA o'rnatilgan bo'lishi kerak).
To'lov qanday qilinadi?
Kartaga o'tkazasiz va chek rasmini yuklaysiz. Admin tekshirgach litsenziya kaliti kabinetingizda paydo bo'ladi (Telegram ulangan bo'lsa — botga ham keladi).
Parolni unutdim
Telegram @sunat_aa ga telefon raqamingizni yozing — yangi parol beramiz. Google bilan kirgan bo'lsangiz, parol kerak emas.
Plagin «bu kalit boshqa kompyuterda faol» deyapti
Kalit boshqa kompyuterga bog'langan. O'sha kompyuterda plagin ichidan «Dezaktivatsiya» qiling yoki kabinetda «Kompyuterdan uzish» tugmasini bosing.
Plagin «Internetga ulaning» deyapti
Plagin 7 kun internetsiz ishlaydi, keyin serverdan bir marta tekshirilishi kerak. Internetni yoqib, plaginni qayta oching.